Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Imtihon vaqti va manzili haqidagi maʼlumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali maʼlum qilinadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Qolgan hududlarning imtihonlari o‘z hududlarida bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70202 | Инструменты