Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e'lon qilindi.
Imtihon natijalarini portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo‘limi "Natijalar" oynasining "Prezident maktablari natijalari" bo‘limidan ID raqamingizni kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.
Asosiy imtihonlar avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash bosqich imtihonida qatnashgan nomzoddan 6720 nafari, ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma oladi.
Shuningdek saralash natijalarni ushbu havola orqali ham tekshirishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/
Alpha version: 0.9.1.19 build 80311 | Инструменты