Huawei 1
Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarni mukofotladi

Prezidentning “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”ga farmoni imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

  • Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Srajatdinov Amanbay Konisbay uli - Nukus shahridagi “Real Innovatsiya NKS” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi “Academy IT Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
  • Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi
  • Ostonov Og‘abek O‘lmas o‘g‘li - Jondor tumanidagi “Sharif Nafosat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sattorov Elbek Xoliqul o‘g‘li - Baxmal tumanidagi “Azzam Elbekovich” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Hoshimova Shaxlo Ulug‘bek qizi - Jizzax politexnika institutining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati
  • Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Xo‘jayeva Roxilabonu Saidusmon qizi - “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati
  • Bafoyev Sherzod Ixtiyor o‘g‘li - Konimex tumanidagi “Boymurod” oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati
  • Saidova Sevinch Asatillo qizi - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati
  • Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati
  • Xusanov Muxammadali Alisher o‘g‘li - Uychi tumanidagi “Sanlitun” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati
  • Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li  - Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Shodiyeva Madina Nuraliyevna - Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati
  • Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi - Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Sirdaryo viloyati
  • Turdiqulov Islom Hayitboy o‘g‘li - Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dots.nti, Sirdaryo viloyati
  • Ashurova Maftuna Ortiq qizi - Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • G‘ofurova Dinora Alisher qizi - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati
  • Raxmatullayev Farxodjon Rustamjon o‘g‘li - Quyi Chirchiq tumanidagi “Sofia Ticaret” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati
  • Xoliqova Gulira’no Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi “Xoliqov Yo‘lchiboy” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati
  • Yuldoshev Usmonbek Umarbek o‘g‘li - Urganch shahridagi “Glass Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati
  • Ne’matov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanlanganlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urikguli” ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri
  • Zaripova Barno Ikrom qizi - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi
  • Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Loyihalar boshqaruvi markazi” nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi
  • Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri
  • Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi
  • Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti uslubchisi
  • Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - “Yuksalish” nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi
  • Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63010 | Инструменты