Huawei 1
Qashqadaryoda 3 ta mashina avariyaga uchrashi oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo'ldi

2023-yil 17-mart kuni soat 18:30 larda, Qarshi aylanma avtomobil yo‘lining Qarshi tumani Qoratepa mahallasi hududidan o‘tib ketuvchi kesishgan chorraxasida, haydovchi B.X. boshqaruvida bo‘lgan “ISUZI” rusumli avtomobili bilan haydovchi A.A. boshqaruvida bo‘lgan  “Damas” rusumli avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda, “ISUZI” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo‘lni o‘ng tomon chetida to‘xtab turgan "Nexiya-2” avtomobilining orqa qismiga kelib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.      

Natijada “Damas” rusumli avtomobili haydovchisi A.A. hamda yo‘lovchi A.S.lar tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41723 | Инструменты