Qashqadaryoda bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi

Qashqadaryo viloyatning Qarshi tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10-dekabr kuni soat 20:20 da Qarshi tumani "Dasht" mahallasida yashovchi fuqaro 77 yoshli R.P., 31 yoshli kelini N.B., 2-sinf nabirasi L.O. yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berga edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты