12 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari va haydovchilar o‘rtasida tortishuv bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, G‘uzor tumani “Paxtazor” mahallasi hududida tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori va boshqarma patrul-post xizmati batalon xodimlari xizmat o‘tayotgan vaqtida yuk avtomashinasining haydovchisiga to‘xtash ishorasini berganda u qochishga harakat qilgan. Haydovchini to‘xtatib, avtomashina hujjatlarini taqdim etishi so‘ralganda fuqaro J.Sh. xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, ukasi J.O. faol qarshilik ko‘rsatib, qonuniy talablarni bajarmagan.
Aka-ukalarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi tomonidan ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasida (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari hamda 3 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60804 | Инструменты