Huawei 1
Qashqadaryoda Ichki ishlar xodimi kiyimida video olgan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ichki ishlar organlari xodimining kiyimini kiyib, video suratga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylagan vaynerlarga chora ko‘rildi.

Xabarga ko‘ra, hodisa 21-fevral kuni sodir bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlarda ular Shahrisabz shahar “Loliston” mahallasida yashovchi fuqarolar ekani aniqlangan. 

Ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Ayblanuvchilar qilmishidan pushaymon ekanini taʼkidlagan.

"Soxta YPX xodimi haqida videorolik tayyorladik. Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joyladik. Ichki ishlar xodimlari formasini chala kiyganimiz, ichki tarbit intizomini buzganimiz uchun pushaymonman. Bu ish boshqa takrorlanmaydi", — deydi ayblanuvchi yigit.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111620 | Инструменты