Huawei 1
Qashqadaryoda ish vaqtida bazm uyushtirgan tibbiyot xodimlari javobgarlikka tortildi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ish vaqtida bazm uyushtirgan tibbiyot xodimlari javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tarmoqlarda G‘uzor tumanida tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ish paytida tug‘ilgan kun nishonlashgani aks etgan video tarqalgan. 

"Mazkur holat mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, G‘uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi bo‘lim mudiri, bosh hamshirasi va ikki nafar navbatchi hamshirasiga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi", — deyiladi mas’ullar izohida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты