Qashqadaryoda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan tiktoker yigit qamaldi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tiktoker yigit qamaldi. Bu haqda viloyat sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Sardor Safarboyev (1998-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, TikTok va YouTube da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining 2024-yil 21-fevraldagi qarori bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi. 

Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. 

2024-yil 23-fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan S.Safarboyevning shikoyati apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101900 | Инструменты