Huawei 1
Qashqadaryodagi to‘yda kuyov do'stini pichoqlab o'ldirgan fuqaro 18 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatida bo'lib o'tgan sud majlisida 2 kishiga hukm o'qildi. Jinoyatchilar tanishining to'yini a'zaga aylantirishga sababchi bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, 2022-yilning 24-iyul kuni viloyatning Nishon tumanidagi mahallalardan biridagi to'yda sodir bo'lgan janjal oqibatida kuyov jo'ralardan biri pichoqlangan. Jabrlanuvchi o'shanda ko'rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. 

Mazkur jinoiy ish yuzasidan o'tkazilgan tergov ishlari yakuniga yetib jinoyat ishlari bo'yicha Nishon tumani sudi tomonidan aybdorlarning qilmishiga qonuniy baho berildi.

"Surxondaryodan Qashqadaryoga to'yga kelgandik. Kechqurun shu to'yda tort kesish vaqtida janjal kelib chiqdi. Marhum J. A'zamov o'sha yerda pichoqlangan", deydi sudlanuvchilardan biri.

Sud hujjatlariga ko'ra, o'sha kuni to'yga kelgan surxondaryolik mehmonlardan biri kuyovning do'stlari bilan tortishib qoladi. Bunga sabab tort kesish marosimida boshqa bir kuyovjo'ra o'sha yerdagi ayollardan biriga turtilib ketgani va keyin uni haqorat qilgani bo'ladi.

Qo'shni viloyatlik mehmon esa shu yigitning tanobini tortib qo'ymoqchi bo'lganida janjal kattalashib ketadi.

Janjal oqibatida mehmon yigit ularni ajratmoqchi bo'lgan boshqa bir yigitga pichoq sanchadi.

Sudlanuvchi X.H. ga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 59-moddasiga asosan 18 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Shu to'yda ishtirok etib, bezorilik qilgan va jinoyat yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan A.H.ga esa 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62009 | Инструменты