Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlari jadallashadi

Mazkur dasturda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va ularning hayoti hamda faoliyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan bir qator tadbirlar belgilangan. Jumladan:
 • har yili oktabr oyining birinchi haftasida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi o‘tkaziladi;
 • har yili oktabr oyida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etiladi;
 • Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar va talabalar ishtirokida qatag‘on qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror mamlakatimizda tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash va yangi avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110622 | Инструменты