Qibraydagi 8 ta mahalla Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining o‘zgarishi yuzasidan tegishli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi xabar qildi.
Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2107,4 ga yer, shundan 1002,6 ga qishloq xo‘jaligi yer maydoni o‘tkazildi.
Bunda quyidagi ijtimoiy ob’ektlar ham Yashnobodga o‘tkazildi:
- Mahallalar – 8 ta;
- Noturar joylar – 195 ta;
- Turar joylar – 5091 ta;
- Maktablar – 3 ta;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari – 1 ta;
- Diniy muassasalar – 2 ta;
- Qabristonlar – 2 ta;
- Tibbiy muassasalar 1 ta.
Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40411 | Инструменты