Huawei 1
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

O'zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi

Qayd etilishicha, arab hamkasblari bilan o‘tkazilgan virtual uchrashuvda jinoyatchilarni aniqlash va topshirish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini faollashtirish va o‘tkazishda ikki tomonlama yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Turli jinoyatlar sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxsni topshirish tasdig‘i olindi. Shuningdek, keyingi harakatlarni belgilash uchun kuzatuv guruhi BAAga kelganda uchrashish taklif etildi.

Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurosi va Dubay politsiyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari hududida yashiringan hamda u yerda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik jinoiy unsurlar haqida konstruktiv muhokamalar olib borildi. Uchrashuvning birinchi qismida arab va o‘zbek tomonlari o‘zaro hamkorlikda qidiruvdagi shaxslar hamda gumonlanuvchilar ro‘yxatlarini almashdilar.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi xodimlari qidiruvda bo‘lgan o‘n ikki nafar jinoyatchini O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 

"Bu jinoyatchilar mamlakat sud organlari oldida javob berish va munosib jazo olish uchun topshiriladi", deyiladi IIV xabarida. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda gumonlanyotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62614 | Инструменты