Huawei 1
Qirg‘iziston O‘zbekistonga asal yetkazib beradi

Bishkekda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligidagi savdo vakili Almaz Temirbekov va O‘zbekiston asalarichilik tarmog‘i vakili Shuhrat G‘aniyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahriga togʻ qirgʻiz asalini yetkazib berish boʻyicha hamkorlik memorandumi va dastlabki shartnoma imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qadam ikki mamlakat o‘rtasida asalarichilik va asal yetishtirish sohasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi. Imzolangan hamkorlik memorandumi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, dastlabki shartnoma Toshkentga qirg‘iz tog‘ asalini yetkazib berishni maʼqullaydi.

Tomonlar nafaqat iqtisodiy hamkorlikni, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121415 | Инструменты