Huawei 1
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyiga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11 sentabr kuni o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashib, unga Munarbek Seyitbek o‘g‘lining g‘alabasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida avtomobil sovg‘a qildi, deya xabar bermoqda Qirg‘iziston prezidenti Matbuot xizmati.

Davlat rahbari Akmal Hasanov bilan suhbatda uning bu harakati Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va birdamligini ulug‘laganini taʼkidladi.

Sadir Japarov Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Munarbek Seyitbek o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan paytda Akmal Hasanov qahramonlik ko‘rsatganini alohida taʼkidladi.

"Ajdodlarimiz o‘z qahramonlariga minnatdorchilik ramzi sifatida otlarni sovg‘a qilganlar. Hozirda avtomobil sovg‘a qilish odat tusiga kirgan, lekin anʼananing ruhi o‘zgarmaydi - bu buyuk xizmatlar uchun hurmat va minnatdorchilik ifodasi" - deya qo‘shimcha qildi Sadir Japarov.

Shuningdek, Akmal Hasanov Sadir Japarov va barcha qirg‘izistonliklarni munosib g‘alaba bilan tabriklab, Qirg‘iziston sportchilariga navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishini tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты