Huawei 1
Qishning oxirgi oyi — fevralda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu yil o‘zbekistonliklar iqlimi uchun noodatiy sovuq yanvar oyini boshdan kechirdi. 2000-yillarning boshidan beri ushbu yilning yanvar oyidan faqat 2008-yil yanvar oyi umuman sovuqroq bo‘ldi.

O'zbekistonning ayrim hududlarida, xususan, Toshkent shahrida eng sovuq kechalarda havo harorati ko‘rsatkichlari nafaqat 2008-yildagidan past, balki so‘nggi yarim asrdagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

Toshkent, Jizzax viloyatlari va respublika janubidagi ayrim stansiyalarning kuzatuvi natijalariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun minimal havo haroratining mutlaq rekordlari qayd etildi.

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, yanvar oyining oxirgi kunlarida sovuq asta-sekin chekindi. Ushbu tendensiya fevral oyining boshida ham saqlanib turadi. Respublika hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo kirib keladi.

 Fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8° iliqgacha, ba’zi joylarda 10-12° iliqgacha, shimolda kechalari 3-8° sovuq, kunduz kunlari 2-7° iliq atrofida bo‘ladi.

O‘n kunlik nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda qorga aylanishi bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Keyinchalik, fevral oyining oxirigacha harorat kechalari 2-7° iliqdan 0-5° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° iliqdan 12-17° iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты