"Qizilqum" qo'riqxonasidagi fotoqopqonga noyob O'rta Osiyo qunduzi tushib qoldi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Qizilqum" davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga yo'q bo'lib ketayotgan, kamyob O‘rta Osiyo qunduzi tushib qoldi.

Ushbu qo'riqxona xodimlari bu hayvonni hech qachon suratga ololmagan. Lekin foto qopqon orqali qunduz tasvirga olindi hamda qo‘riqxonaning hayvonot dunyosi yana bir turga boyigani aniq ma’lumot sifatida kiritildi.

Ma'lumotlarga ko'ra bu noyob hayvon TMXI Qizil ro‘yxatiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon turi hisoblanadi.

O‘tgan asrning o‘rtalarigacha Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgan. So‘nggi yarim asrda areali keskin qisqargan, ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i daryosidagina qayd etilgan. Gʻarbiy Tyan-Shanda borligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Asosan toshqin tog‘ daryolari, shuningdek, tekislik daryolari va qayir ko‘llarida hayot kechiradi. Bu turdagi qunduzlarga baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты