So‘nggi vaqtlarda madaniy meros obyektlarini ijaraga berish qonunga xilof ekanligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar olib borilmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” qonunga asosan madaniy meros obyektlari ijaraga beriladi.
Ushbu qonunning 23-moddasida Moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishning o‘ziga xos jihatlari belgilangan bo‘lib, Moddiy madaniy meros obyektining mulkdori o‘ziga qarashli bo‘lgan moddiy madaniy meros obyekti yo‘qotilsa uning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligi hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, obyektning ijarasi ijara shartnomasi asosida amalga oshirilishi, unda obyektni saqlash talablari qayd etilgan bo‘lishi kerakligi nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida” nizomning 20-bandiga muvofiq davlat mulki hisoblangan obyektni bir yilgacha bo‘lgan muddatga foydalanishga berish uni qisqa muddatda foydalanishga berish hisoblanadi.
Quyidagi faoliyat (xizmat) turlari uchun davlat mulki hisoblangan obyekt qisqa muddatga foydalanishga berilishi lozim:
Ushbu nizomning 22-bandida 5 yildan 30 yilgacha bo‘lgan muddatga obyektni ijaraga berish uni uzoq muddatga foydalanishga berish hisoblanadi.
Obyektni uzoq muddatga ijaraga (foydalanishga) berish investitsiya majburiyatlarini olgan holda, obyekt hududida turizm infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalari joylashgan yoki barpo etiladigan obyektlar berilishi mumkin.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 8-bandiga asosan ijaraga berilgan obyektlardan ularda:
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obyektlari 2023-yil 1-avgust holatiga 19 tani tashkil etadi. Shuningdek, hukumat qarorlari talablari asosida respublika hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obyektlari ijaraga berilgan. Shundan, 2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra 544 ta ijara shartnomasi tuzilgan.
O‘zbekiston prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Muzeylarda sovg‘alar (suvenir) do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalarini tashkil etish hamda ularda muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalari — suvenir mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish”, qarorning 6-ilova 9.2-bandida Muzeylar va ularning hududlarida bosqichma-bosqich “Muzey-restoran” yoki “Muzey-kafe”lar tashkil etish vazifasi belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar “G‘ishtko‘prik” MFY, Istiqlol ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Xudoyorxon o‘rdasi binosining 40,23 kvadrat metrdan iborat bo‘sh turgan qismi hukumat qarorlariga asosan belgilangan tartibda e’longa chiqarilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42710 | Инструменты