Huawei 1
Qo‘yliq bozorida sharq bo‘g‘ma ilonlari noqonuniy sotilayotganligi ma'lum bo‘ldi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari bilan birga "Yangiobod" va "Qo‘yliq" bozorlarida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida "Qo‘yliq" bozori hududida 5 ta sharq bo‘g‘ma iloni noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi. Ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlanib, tabiatga qo‘yib yuborildi. Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda choralar belgilandi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72821 | Инструменты