Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “D.C.” MCHJga qarashli AGTKSHda jamiyat mansabdor shaxslari “avtopilot-pro” rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir ko‘rsatib 3 mlrd 455 mln so‘mlik 1,9 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin ayrim zapravkalarda metan narxi 4 100 so‘mgacha oshgani aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21204 | Инструменты