Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usi o‘ldirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan 3 bosh Buxoro bug‘usi ovlanganligi aniqlandi. Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida bitta erkak va ikkita urg‘ochi bug‘ular ov miltig‘i bilan o‘ldirilganligi maʼlum bo‘ldi. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltig‘i o‘q dorisining plastik bo‘laklari, qonga o‘xshash qizil dog‘lar va ov miltig‘i topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Hozirda Beruniy tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi tekishiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты