Soliq organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari davomida tadbirkorga tegishli ulgurji savdo do‘koni omborxonasida yaroqlilik muddati oʻtgan 72,5 mln soʻmlik alkogol, 129 mln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotganligi maʼlum boʻldi.
Jumladan:
- 10789 dona qiymati 66,6 mln soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan pivo mahsulotlari;
- Yaroqlilik muddati oʻtgan va markirovkalanmagan 638 dona umumiy qiymati 5,9 mln soʻmlik vino va konyak mahsulotlari;
- 17067 dona 129 mln soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan oziq-ovqat (mayonez) mahsuloti saqlanayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40409 | Инструменты