Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3 aprel kuni Samara-Chimkent trassasining Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 

Qozog‘iston IIVga xabariga ko‘ra, YTH Volvo yuk mashinasi hamda O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.

YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Tegishli ekspertiza tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты