Oktabr oyida "Qumtex Invest" MChJ rahbari Ural Begimqulov Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimligiga Equinox avtotransport vositasini sovg‘a qilgandi. 2023-yilda ishlab chiqarilgan Equinox hokimlik balansiga qabul qilingandi.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, narxi 408 million so‘mdan boshlanadigan Equinox hokimlikka bejizga sovg‘a qilinmagani, bunda manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli borligi aytilgandi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng 23-noyabrda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, hokimlikka korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish haqida taqdimnoma kiritgan.
Shundan so‘ng, 30-noyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Equinox avtotransport vositalarini balansga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishini bekor qilgan. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilishni tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70511 | Инструменты