“Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta'minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-100-son, 11.03.20225 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta'minoti” AJ tashkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta'minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni yuklanadi.
2025-yil 1-iyundan:
— moliyalashtirish manbalaridan qat'i nazar qurilishda texnik shartlar olinishi talab qilinadigan bino-inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirishda ushbu obyektlarning loyiha hujjatlarida binolarning o'z ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni majburiy o'rnatish talabi kiritiladi;
— ko'p kvartirali uy-joylar va binolarning ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi tizimlarining qurilishi, inshootlar va tarmoqlarda hisoblagichlarning to'liq o'rnatilishi majburiy hisoblanadi;
— markazlashgan issiqlik ta'minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan ko'p kvartirali uy-joylar, ma'muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik subyektlari bino va inshootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanishi majburiy hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31517 | Инструменты