Huawei 1
Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra safari narxlari oshishi mumkinligini ma’lum qilindi

Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha yirik musulmon mamlakatlarga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilishi ortidan podshohlikdagi barcha xizmatlarga talab oshgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasining xabar berishicha, bu o'z navbatida o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qayd etilishicha, joriy yil 17-mart holatiga 21 mingdan ortiq ziyoratchi, Saudiya Arabistoniga jo‘natilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodrog‘i umra amallarini to‘liq ado etib, O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Hozirda 5 ming 600 nafarga yaqin ziyoratchi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oshirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida “COVID-19” pandemiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan karantin talablari asta-sekin yumshatilmoqda. Xususan, 5-mart kunidan e’tiboran, Podshohlikka PZR test javobisiz kirish hamda oraliq masofani saqlash tartibi bekor qilindi. Yana bir quvonarli jihati – endilikda Saudiyadan O‘zbekistonga kelayotgan ziyoratchilardan ham PZR testi talab etilmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha davlatlar, xususan, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Eron va Misr kabi yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berildi.

"Bu, o‘z navbatida, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshishiga, xususan, Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71712 | Инструменты