“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab o‘tdi.
Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.
Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3 tadan, Investitsiya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, “O‘zagrosug‘urta”da – 1 tadan.
Bugungi kunda ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va o‘zaro integratsiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanib kelmoqda.
Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Eng og‘ir holat Qoraqalpog‘iston, Andijon va Surxondaryoda.
Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50611 | Инструменты