Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi: Panorama Airways va Gulbakhor Airways harakatidan 2500 dan ortiq kishi jabr ko‘rdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Umra” safarlariga yuborish uchun tegishli litsenziya va ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan turoperatorlarining arzon narxda sotish takliflari asosida reklamalar qilinayotgani kabi holatlar ham kuzatilmoqda.

Misol uchun:

“Umra” ziyoratchilariga eng katta miqdorda, yaʼni 25 mlrd so‘mlik zararni “Panorama Airways” va “Gulbakhor Airways” firmalari yetkazgan bo‘lib, aldanib qolgan jabrlanuvchilar soni 2 558 nafarni tashkil etadi.

Surxondaryo viloyati “Bilolbek travel” MCHJ Jarqo‘rg‘on tumani filiali xodimi N.J. tegishli ruxsatnomasiz “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, fuqaro M.A.ning 14 mln 900 ming so‘m miqdoridagi pulini aldov yo‘li bilan olgan.

Shuningdek, mazkur MCHJning Boysun tuman filiali mutaxassisi A.S. ham ziyorat uchun fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, 2 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Yuqoridagi holatlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, pullarini o‘zlashtirayotgan, o‘zlarini esa xorijda sarson bo‘lishiga sabab bo‘layotgan sayyohlik firmalari va turoperatorlariga tegishli choralar ko‘rilgan.

Maʼlumki, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq turistik faoliyat Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli hamda 2024 yil 12 oktyabrdagi 668-sonli qarorlari asosida amalga oshiriladi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 2024 yil 2 iyulda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

O‘z navbatida, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berilgan (litsenziyaga ega) 12 ta turoperatorlar ro‘yxati eʼlon qilingan. Tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan subyektlar tomonidan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish taqiqlangan.

“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 16-moddasiga muvofiq ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40803 | Инструменты