Huawei 1
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filialiga direktor tayinlandi

Tegishli buyruqqa ko‘ra, Kadirov Rustam Nadirovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Samarqand viloyati filiali direktori etib tayinlandi.

Rustam Kadirov 2002 yil Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2002 — 2004 yillarda klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.

Turli yillarda RSHTYOIM Samarqand viloyati filiali shifokor-endoskopisti, qabul-diagnostika bo‘limi mudiri, Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-endoskopisti bo‘lib ishlagan.

U tayinlovga qadar RSHTYOIM Samarqand viloyati filiali laboratoriya-diagnostika bo‘limi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20120 | Инструменты