Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya xodimlari 15 yoshli maktab o‘quvchisiga tajovuz qilishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “78.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, maktab o‘quvchisiga zo‘ravonlik joriy yilning 31 may kuni kechqurun sodir bo‘lgan. 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qizni Kustodiyev ko‘chasidagi bolalar maydonchasidan olib ketgani aytilmoqda. Qizning bedarak yo‘qolganini otasi politsiyaga xabar qilgan.
Maktab o‘quvchisi ertasi kuni ertalab Rudnev ko‘chasida topilib, shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar uning bo‘ynida jarohatlar aniqlagan. Ko‘rikdan so‘ng jabrlanuvchi uyiga yuborilgan.
Qizning aytishicha, migrant unga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravon harakatlar sodir etgan. Nashrga ko‘ra, ushbu shaxs avvalroq o‘ldirish bilan tahdid qilish aybi bilan sudlangan, biroq unga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60608 | Инструменты