Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining maʼmuriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.
Natijada so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.
Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan yurtdoshlarimizga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты