Huawei 1
Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 4-sinf qizlarini zo‘rlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ikki nafar 4-sinf o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs 18-dekabr kuni ertalab Pushkinskaya ko‘chasida maktabga ketayotgan qizlarga shahvoniy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekiston fuqarosi izolyatorga joylashtirilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.

Sankt-Peterburg bo‘yicha Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasining tergov organlari ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ayblanuvchiga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tergov talabiga binoan u sud tomonidan hibsga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60611 | Инструменты