Rossiyaning UVT Aero aviakompaniyasi O‘zbekistondagi parvozlar geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «TASS» axborot agentligi aviakompaniya bosh direktori Petr Trubayevning so‘zlariga tayanib.
Aviakompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya har yili ikkitadan beshtagacha yangi yo‘nalishlarni ochadi, Qozondan Samarqandga qatnovchi parvoz yo‘nalishi esa, yo‘lovchilar o‘rtasida eng barqaror yo‘nalish sifatida e’tirof etilmoqda.
Aviatashuvchi 2023-yil avgust oyida O‘zbekistonda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi, sentyabr oyidan boshlab esa Bomardier CRJ-200 rusumli samolyotlarida har yakshanba kuni Qozon-Samarqand-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
UVT Aero hududiy aviakompaniyasi 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh qarorgohi Qozon shahrida joylashgan. Kompaniya Tatariston va uning atrofidagi viloyatlardan Rossiyaning turli shaharlariga, 2017-yildan boshlab esa xorijiy davlatlarga parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya aviaparki 2600 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan Kanadaning CRJ-200 Bombardier samolyotlaridan iborat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты