Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxon 1920-yilda toj-u taxtini yo‘qotgach, xazinadan o‘zi bilan 10 tonna oltinni olib chiqib ketgan. Bu haqda tarixchi Ixtiyor Esonov “Mushtum” jurnalida chop etilgan maqolasida maʼlumot berdi.
Tarixchining yozishicha, Buxoro amirining boyliklari miqdori va ular qayerga yo‘qolgani haqida turli afsonalar bor. Biroq o‘sha davrda qizil bolsheviklar tuzgan hujjatlardan amir boyliklari qancha bo‘lganini taxmin qilish mumkin.
“Sovet va o‘zbek tarixchilarining taxminlariga ko‘ra, Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxon 1920-yilda toj-u taxtini yo‘qotgach, o‘zi bilan Buxoro xazinasidan 10 tonna oltinni olib chiqib keta olgan. Bu boyliklarni amir Hisor tog‘lariga yashirgan, degan taxminlar ham yo‘q emas. Bundan tashqari, amir ancha-muncha pullarni chet el banklariga o‘tkazganiyam aniq. Qolgan boyliklari Frunze boshchiligidagi bolsheviklar tomonidan talon-taroj qilingan va katta qismi vagonlarga ortilib, Moskvaga jo‘natilgan”, — deb yozgan mutaxassis.
Ixtiyor Esonov bolsheviklarning tarixiy hujjatlariga ishoniladigan bo‘lsa, bu boyliklar ro‘yxati 48 varaqli aktda yozilganini maʼlum qilgan.
Boyliklar ichida quyidagilar bo‘lgan:
Bundan tashqari, turli xil o‘lchamlardagi inju, qahrabo, laʼl, zumrad kabi taqinchoqlar, uzuk, sirg‘a va baldoqlar kabi va yana boshqa bir qancha qimmatbaho boyliklar bo‘lgan.
“Aktni Buxoro Xalq Sovet Respublikasi vakillari Xayrulla Muxiddinov va Xolxo‘ja Sulaymonxo‘jayevlar tuzgan ekan. Akt raqami № 743. Buxoro amirligining, yaʼni Mang‘itlar sulolasining umumiy boyligini o‘sha paytdagi yirik zargar mutaxassislardan biri, Danilson, taxminan, 103 million dollarga baholagan ekan. Hozirgi pulga chaqqanda chamasi 1,4 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi”, — deya maqolasida yozgan tarixchi Ixtiyor Esonov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты