Huawei 1
Salomatlik ko‘rsatkichlari meʼyorida bo‘lgan aholiga qanday eslatmalar bor?

Xabaringiz bor, O'zbekistonda tibbiyotning birlamchi tizimi orqali aholi tibbiy xatlovdan o‘tkazilyapti. Natijada fuqarolar salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘rt guruhga ajratib olinmoqda.

Xususan:

1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar;

2 past xavf guruhi — tez-tez kasal bo‘luvchilar;

3 o‘rta xavf guruhi — surunkali kasalliklari bor bemorlar;

4 yuqori xavf guruhi — o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yotib qolgan, nogiron bemorlar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mazkur to‘rt guruhga mansub aholi uchun alohida eslatmalar tayyorladi.

1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar uchun eslatma:

Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling!

kun davomida oz-ozdan 4-5 marotaba ovqatlaning;

kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, ko‘katlar isteʼmol qiling;

tarkibida yog‘, qand va tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni cheklang;

kechki ovqatni 19:00 dan kechiktirmang.

Jismoniy faollik!

10-15 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaring;

kun davomida kamida 30 daqiqa jismoniy mashq qiling;

kechki sayrga chiqing;

imkon qadar sportning biror turi bilan shug‘ullaning.

Tamaki chekish va spirtli ichimliklar isteʼmol qilishdan yiroq bo‘ling!

zararli odatlar salomatlikka putur yetkazadi va umrni qisqartiradi.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling!

qo‘llaringizni ovqatdan oldin va keyin, ko‘chadan uyga kirganda va hojatdan so‘ng albatta sovunlab yuving;

kuniga 7-8 soat uxlang;

yilda bir marotaba oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘ting;

maqsadli skrining ko‘riklarida qatnashing.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61811 | Инструменты