Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, qishki taʼtil munosabati bilan talabalarni doimiy yashash joylariga yetib olishlari uchun Samarqand – Urganch – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
2023-yilning 27-dekabr kuniga qadar har kuni Samarqand shahar, Katta O‘zbek traktida joylashgan Buxoro bekatidan (Galaosiyo) soat 18:00 da qo‘shimcha avtobuslar harakati tashkil etilmoqda.
“Muxtor nur transservis” va “Graderoy travel” MCHJga tegishli zamonaviy 3 ta avtobus bir vaqtning o‘zida Samarqand shahridan jo‘nab ketadi. Yo‘l kira narxi bir yo‘lovchi uchun 120 ming so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты