Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 8 iyun kuni ikki kishi tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, Toyloq tumani, «Bog‘izag‘on» mahallasidagi savdo do‘koniga kuzatuv videokamerasi o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi firma ishchilari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.
Jumladan, ikki nafar xodim ish jarayonida ehtiyotsizlik qilib, metall narvonni «Anzur» fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga tekkizgan. Oqibatda ularni tok urgan.
Ta’kidlanishicha, hozir tegishli tashkilotlar tomonidan holat bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61307 | Инструменты