Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv jarayonlari olib borilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bir ayol oʻz bolasini qiynayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Videoda ayol "Dada men o'lyapman" de deb bolasini bo'g'gani aks etgan.
Holat yuasidan viloyat IIBB rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, holat Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanining Andoqsoy mahallasi, Andoqsoy qishlogʻida sodir boʻlgan. 2000-yilda tugʻilgan ayol X.U. ayni damda Rossiyada boʻlgan eri bilan oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida, jaxl ustida, bolasini qiynab, tasvirga olib turmush oʻrtogʻiga yuborgan.
Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat toʻliq oʻrganilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72314 | Инструменты