Huawei 2
Samarqandda 24 yoshli ayol 2 farzandi bilan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qildi

Samarqandda 24 yoshli ayol 2 farzandi bilan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro N.M. Samarqand viloyati IIB navbatchilik qismining 102 raqamiga murojaat qilib, unda Samarqand shahri, “Vatanparvar” mahallasi, “Spirina” ko‘chasida yashovchi kelini I.Ya. ikki nafar farzandi bilan shu yilning 15-aprel kuni soat 15:00 atrofida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketganligini maʼlum qilgan. 

16-aprel kuni soat 08:00 atrofida “Darg‘om” kanalining Toyloq tumani, “G‘o‘lba” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan voyaga yetmagan A.N. (qiz bola) va M.N.ning (o‘g‘il bola) murdasi topilgan. Bu haqda UzNews.uz‘ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol 2 nafar farzandi bilan o‘zini “Darg‘om” kanaliga tashlab joniga qasd qilgan. Ayol nima sababdan joniga qasd qilgani hozircha maʼlum emas.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga