Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaroning turmush o‘rtog‘i “Paxta tozalash zavodi” AJ 1-ishlab chiqarish brigadasining linterlash sexida chiqindilarni yig‘uvchi va tozalovchi vazifasida ishlab kelgan. Ammo u 2018 yilning 12 fevralida quritish sexi binosida kuchli gaz bosimi natijasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida tan jarohati olib, vafot etgan.
Biroq, korxona baxtsiz hodisa tufayli vafot etganligi munosabati bilan marhumning oilasiga biryo‘la to‘lanadigan nafaqa pulini qariyb 10 million so‘mga kam to‘lagan. Ya’ni, xodimning vafotigacha ishlagan o‘n oylik ish davri uchun 9 mln 718 ming so‘mga noto‘g‘ri hisob-kitob qilinib, jami 46 mln 15 ming so‘m nafaqa to‘langan.
Marhumning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi. Bo‘lim fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sud majlisida korxonaning ishonchli vakili J.I. da’voni tan olmasdan, da’vo muddati o‘tib ketganligi sababli uni qanoatlantirishni rad etishni so‘radi.
Vaholanki, jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda o‘n ikki oydan kam ishlagan taqirda, o‘rtacha oylik ish haqi haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Ish davri to‘liq oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, zararni to‘lash miqdori shartli oylik ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Sud da’vo arizasini qisman qanoatlantirib, “Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” AJga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqadan 9 718 272 so‘m, 8 000 000 so‘m ma’naviy zararni to‘lash hamda davlat foydasiga 1 048 730,88 so‘m davlat boji undirish majburiyatini yukladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112209 | Инструменты