50 yoshdan oshgan shaxmatchilar orasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

Joriy yil 15–20-oktabr kunlari Toshkent shahrida 50 yoshdan yuqori bo‘lgan erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘tkaziladi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi ma'lum qildi.

Musobaqa FIDE qoidalari asosida, shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘ladi. Har bir ishtirokchiga 90 daqiqa vaqt beriladi va birinchi yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyadan qo‘shiladi.

Musobaqa 2026-yil 16-oktabr kuni soat 09:30 da ochilish marosimi bilan boshlanadi. 1-tur soat 10:00 da o‘tkaziladi. Musobaqaning yopilish marosimi 20-oktabr kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa g‘oliblari to‘plangan ochkolar asosida aniqlanadi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan erkak va ayol shaxmatchilar orasida ham alohida taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Ishtirok etishni istagan shaxmatchilar 2026-yil 12-oktabr soat 16:00 ga qadar Telegram orqali @RustamAbdusaitov manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110315 | Инструменты