Samarqandda erkak ayolini rashk qilgani sabab 2 nafar o'g'lini bo'g'ib o'ldirdi

Bugun, 17-may kuni soat 03:00 larda Samarqand viloyati Toyloq tumani yashovchi 39 yoshli erkak 2 farzandini o‘ldirdi. Bu haqda "Uzreport.news"ga prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida video tasvirlarini ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.

So‘ng u turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 2 nafar 8 va 6 yoshli o‘g‘illarini qasddan o‘ldirgan va o'zi tuman IIBga kelib bu haqida ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21906 | Инструменты