Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro B.M. Urgut tumanidagi "Q." MFY hududidan 50 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Z.I.ga 97 000 AQSh dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 31 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
B.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Davlat kadastrlar palatasi Urgut tumani filiali bo‘limi muhandisi N.N. yuqoridagi yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты