Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.Q.” MCHJ rahbari G.D. polietilen chiqindilarini qayta ishlash sexida hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib, jami 570,7 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты