Huawei 1
Samarqandda qizlarni Ummon davlatiga fohishalikka jo‘natib kelgan 2 ayolga sud hukmi o‘qildi

Maʼlum qilinishicha, asli Farg‘onadan bo‘lgan 32 yoshli ayol yosh qizlarni Ummon davlatida fohishalikka majburlab kelgan.

O‘zining jinoiy qilmishiga Jizzaxlik ayolni sherik qilgan. Ular chet elga chiqish orzusida yurgan qizlarni viza va boshqa xarajatlarini to‘lab, ularni 2021-yildan boshlab xorijga yuborgan.

U qizlarning orasida o‘zining ovsini ham bo‘lgan. Uning taʼkidlashicha, ayolning yoniga uy olish, sharoitini to‘g‘rilash uchun ishlash maqsadida borgan.

"Men borganimda umuman til bilmasdim, tushunmasdim. U gaplashib, qizlarni mehmonxonaga tashlab chiqardi. Men ofitsiantlikka borgan edim, keyin meni fohishalikka majburladi", - deydi ayol.

Guvohlardan biri sudlanuvchi u yerga juda ko‘p qizlarni chaqirib bergani, 18 ta qizi bor, deb eshitganligini taʼkidladi.

Holat yuzasidan sud ishi Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar JKning 135-moddasi 2-qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты