Huawei 1
Samarqandda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 35 nafar rahbar jarimaga tortildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun, Prezidentning PF-76-sonli Farmoni hamda PQ-300-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida xorijiy ilg‘or tajribalardan kelib vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro hokimliklaridagi inson resurslarini boshqarish faoliyatini to‘liq raqamlashtirish maqsadida hrm.argos.uz  — inson resurslarini boshqarishning yagona elektron axborot tizimi joriy etildi.

Natijada vakant lavozim uchun o‘tkazilayotgan tanlovdan tortib, kadrlarga oid barcha hujjatlarni yuritish faqatgina hrm.argos.uz platformasida amalga oshiriladigan bo‘ldi.  

Buning uchun platforma vacancy.argos.uz, zaxira.argos.uz, samaradorlik.uz, e-qaror.gov.uz, e-huquqshunos.uz dasturiy taʼminotlar bilan integratsiya qilindi. Shuningdek, my.mehnat.uz, edo.ijro.uz va UzASBO tizimlariga hujjatlar avtomatik ravishda yuborilishi taʼminlandi.

Davlat organlarida hrm.argos.uz elektron platformasini yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasining 492-sonli qarori bilan tasdiqlanib, 2023-yil 1-noyabrdan boshlab HRga oid barcha hujjatlarni hrm.argos.uz platformasida shakllantirish va yuritish uchun davlat organlari rahbarlarining shaxsan masʼulligi belgilandi.

Agentlikning Samarqand viloyati filiali tomonidan ham viloyatdagi davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlari va hujjatlarini platformada o‘z vaqtida shakllantirilishi hamda yuritilishi doimiy monitoring qilib kelinmoqda, deya xabar berdi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida o‘tkazilgan monitoring natijasiga asosan, belgilangan qaror talablariga rioya qilmagan hamda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi 5 ta viloyat boshqarma boshliqlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 13 ta, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining 8 ta hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining 9 ta tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, jami 35 nafar rahbarlar 64,6 mln so‘m miqdorda maʼmuriy jarimaga tortilgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты