Samarqandda vokzal ortidagi 3 mingta uy buzilib, o‘rnida ko‘p qavatli uylar quriladi
Prezident Samarqand viloyat faollar yig‘ilishida aholini yangi uy joylar bilan ta’minlash rejasi haqida ma’lumot berdi:
«Samarqand shahrining Qorasuv, Shirin va vokzal orti hududlarida «renovasiya» tamoyili asosida zamonaviy turar-joylar barpo etiladi. Xususan, joriy yilda Qorasuv massivida 3 ming 500 ta xonadonli 29 ta 16 va 25 qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
Vokzal orti hududidagi 3 mingga yaqin eski hovlilar o‘rnida 100 mingdan ortiq aholi uchun ko‘p qavatli zamonaviy uylar quriladi. Bu o‘rinda eski hovlilarda yashayotgan aholi xavotir olishiga hech qanday asos bo‘lmasligi kerak. Hammaga kompensasiya to‘lanadi, uy-joy egalari rozi qilinadi.
Shirin massivida 90 ming nafar aholiga mo‘ljallangan shaharchani barpo etish orqali, parklar va dam olish maskanlarini qurish ishlari boshlanadi.
Jamshid Qo‘chqorov, Temur Ishmetov mazkur uy-joylar qurilishini boshlash uchun viloyat hokimligiga 2 yil muddatga 200 milliard so‘m ssuda mablag‘larini ajratsin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты