O'zbekistonda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 28-29-iyun kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida “Xalqaro havo sharlar festivali” bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida konsert va DJ shou dasturi, Gastronomik festival, “Rekord darajada 75 metrlik lavash tayyorlash”, milliy folklor chiqishlar, milliy liboslar ko‘rgazmasi, simfonik orkestr chiqishlari, otlarda sayr qilish, Motodrift shou, bolalar uchun attraksionlar, rassomlar va hattotlik namunalari ko‘rgazmasi, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60610 | Инструменты