O'zbekistonda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish va xorijiy sayyohlar sonini oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 10-11-may kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida “Xalqaro Paraplan festivali” o‘tkazildi.
Festivalda 10 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 70 ga yaqin sportchilar Urgut osmonida parvoz qilib, yuqori darajadagi sport chiqishlarini namoyish etdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida gastronomik festival ham o‘tkazilib, 25 metrlik kabob tayyorlandi. Festival dasturidan ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar o‘rin oldi.
Mazkur xalqaro tadbir Urgut tumanining turizm salohiyatini keng namoyish etib, mintaqaning jahon miqyosidagi sport va madaniyat markazlaridan biriga aylanish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51315 | Инструменты