Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Bu haqda "Uzreport.news" manbasiga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 30-noyabr kuni soat 09:00 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Qorako‘lcha” mahallasi Qorako‘lcha qishlog‘ida yashovchi 28 yoshli fuqaro Q.X. va uning voyaga yetmagan 5 yoshli qizi o‘zining yashash uyi xonasida tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarisiz murdasi topilganligi aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi – “noma’lum etiologikdan zaharlanishi” oqibatida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berga edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31423 | Инструменты